"TYUTOR VA TALABA " sayohati

QSXET fakultetida "TYUTOR VA TALABA" an'anasi yo'lga qo'yilgan. Bu an'anaga muvofiq barcha talabalarga doimiy ravishda kerakli tavsiyalar, yo'nalishlar berib boriladi. "Elektr energetika" ta'lim yoʻnalishi boʻyicha 1-bosqich talabalari hamda tyutor D.Xudoynazarova boshchiligida Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan "Zangiota" ziyoratgohiga tashrif buyurdi. U yer talabalarga juda katta taassurot qoldirdi. Tashrif davomida talabalar Markaziy Osiyo mintaqasida IX-XII asrlardan yuz bergan birinchi ilmiy madaniy yuksalish, ya'ni Sharq uygʻonish davrining namoyandasi, oʻz zamonasida hikmat va maʼnaviyat, din va tasavvuf rivojiga katta hissa qoʻshgan mutasavvuf va avliyo bobolarimizdan biri boʻlgan Zangiota asil ismilari Oyxoʻja ibn Toshxoʻja haqida koʻplab qiziqarli maʼlumotlarni bilib oldi. Talabalarga bu ziyorat juda yoqdi, hamda tyutorlaridan minnatdorchilik bildirgan holda qaytishdi.